Foydalanish shartlari
Bu matn qoralama. Rasmiy ishga tushirishdan oldin yurist tekshiradi.
Xizmat
Arenik tanlov, yangilik, oʻquv yurti maʼlumotlari va hamjamiyat xizmatini bepul taqdim etadi. Tanlov maʼlumotlari ochiq manbalardan olinadi. Ariza topshirishdan oldin rasmiy sahifani tekshiring: muddat va shartlarni tashkilotchi belgilaydi.
Hisob
- Hisob 16 yoshdan ochiladi, bir kishiga bitta hisob.
- Maʼlumotlaringiz toʻgʻri boʻlsin, birovning nomidan hisob ochmang.
- Hisobingizni istalgan vaqtda Sozlamalardan oʻchirishingiz mumkin.
Kontent
- Yozganlaringiz sizniki. Ularni saytda koʻrsatishimizga ruxsat berasiz; hisob oʻchsa, bu ruxsat tugaydi.
- Hamjamiyat qoidalari amal qiladi. Qoidani buzgan kontent yashirilishi, hisob bloklanishi mumkin.
Jamoalar
Jamoa aʼzolari oʻrtasidagi kelishuv va sovrin taqsimoti uchun ularning oʻzi javobgar.
Homiy kodlari
Kod bir kishiga bitta beriladi, sotilmaydi va birovga oʻtkazilmaydi. Taklif shartlarini homiy belgilaydi va bajaradi.
Oʻzgarishlar
Shartlar oʻzgarsa, saytda eʼlon qilamiz.