Hamjamiyat qoidalari
Arenik oʻqish va imkoniyatlar uchun. Qoidalar postlar, izohlar, jamoalar va profillarga tegishli.
Mumkin emas
- Spam, reklama, pullik uy vazifasi yoki imtihon xizmati, firibgarlik, soxta grant yoki ish eʼloni.
- Haqorat, tahdid, nafrat tili, birovning shaxsiy maʼlumotini tarqatish.
- Uyatsiz kontent. Voyaga yetmaganlarga nisbatan har qanday nojoʻya harakat uchun hisob butunlay bloklanadi.
- Siyosiy targʻibot: partiya, nomzod yoki hukumat tarafdori yoki qarshi tashviqot. Davlat siyosati mavzulari faqat tanlov yoki ilmiy doirada, xolis tarzda mumkin.
- Diniy targʻibot.
- Zoʻravonlik, qonunga zid faoliyat, giyohvand moddalar.
Qoida buzilsa
- Kontent yashiriladi va moderator qaror qiladi. Yozuvchiga xabar boradi.
- Uch xil odam shikoyat qilgan kontent tekshirilguncha yashiriladi.
- Moderator tasdiqlagan har bir buzilish bitta ogohlantirish. U saytning har sahifasida qizil chiziq, bildirishnoma (Telegram ulangan boʻlsa, u yerda ham) va pochta orqali keladi.
- 3 ta ogohlantirishdan keyingi har bir buzilishda hisob 30 kunga bloklanadi: yozish va kirish yopiladi. Muddat tugagach, hisob oʻzi ochiladi.
- Ogohlantirishlar 12 oydan keyin oʻchiriladi.
- Voyaga yetmaganlarga qarshi kontent uchun hisob ogohlantirishsiz, butunlay bloklanadi.
- Avtomatik tekshiruv yashirgan kontent ogohlantirish hisoblanmaydi. Xato boʻlsa, moderator kontentni tiklaydi va ogohlantirish oʻchadi.
Shikoyat
Har bir post, izoh, jamoa va profilda “Shikoyat qilish” tugmasi bor. Kim shikoyat qilgani hech kimga koʻrinmaydi.